Mbappedan tashqari yana 2 nafar futbolchi Frantsiya qarorgohini tark etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 188

Frantsiya futbol federatsiyasi saytida uch nafar futbolchining terma jamoani tark etishi haqida ma'lumot joylashtirildi. "Uch ranglilar" safini yarim himoyachilar Eduardo Kamavinga va Manu Kone, shuningdek, hujumchi Kilian Mbappe tark etdi.
Kone 16 noyabr kuni sariq kartochkalari ko'payib ketganligi uchun diskvalifikatsiya qilingani sababli Ozarbayjonga qarshi o'ynay olmaydi.
Kamavinga chap son mushaklarining zo'riqishi tufayli noqulaylik his qilmoqda.
Ozarbayjon - Frantsiya uchrashuvi endi turnir ahamiyatiga ega emas. Frantsuzlar payshanba kuni jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
140