Tomas Tuxel Angliya terma jamoasining rivojlanishi haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 210

Angliya terma jamoasi ustozi Tomas Tuxel terma jamoa o'yinida oldinga siljish bor-yo'qligi haqida javob berdi.
So'nggi o'yinda inglizlar o'z maydonida Serbiyani 2:0 hisobida taslim etgandi.
"Taraqqiyot bormi? Bunga ishonchim komil. Yana yaxshi natijaga erishdik. Jamoa harakat qildi, aks holda muammolarga duch kelardik. Navbatdagi g'alabani qo'lga kiritdik va gol o'tkazib yubormadik. Hozir terma jamoa yaxshi holatda," - deya germaniyalik mutaxassisning so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
Eslatib o'tamiz, Angliya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatiga yo'llanmani naqd qilib qo'ygandi. Mundial kelasi yil yozda Shimoliy Amerikada bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
127