«PSJ» asosiy markaziy himoyachisi bilan shartnomani uzaytirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 5081

Ekvadorlik himoyachi Vilyan Pacho "PSJ" bilan yangi mehnat shartnomasini imzoladi. Bu haqda RMC Sport xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 24 yoshli futbolchi Frantsiya grandi bilan shartnomasini 2030 yilgacha uzaytirgan. Yangi shartnoma bo'yicha Pachoning maoshi oshirilishi aytilmoqda. Rasmiy e'lon bir-ikki haftadan keyin chiqishi kutilmoqda.
"PSJ" Pachoni 2024 yilda "Ayntraxt"dan sotib olgandi. Joriy mavsumda himoyachi barcha musobaqalarni qo'shib hisoblaganda 13 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
172