Roberto Donadoni — «Spetsiya»ning yangi bosh murabbiyi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 288

Italiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Roberto Donadoni B Seriya klubi — «Spetsiya» jamoasi murabbiyiga aylandi. Bu haqda Italiya klubining rasmiy sayti xabar berdi.
Murabbiyning yangi jamoasi bilan tuzgan shartnomasi 2026 yil yozigacha amal qiladi. Hozirgi paytda «Spetsiya» B Seriya jadvalida 19-o'rinni egallab turibdi. Klub tarixidagi eng yorqin yutuqlardan biri — 1943/44 yilgi mavsumdagi chempionlik hisoblanadi.
Avvalroq Donadoni «Jenoa», «Livorno», «Napoli», «Kalyari», «Parma», «Bolonya» kabi klublarda faoliyat yuritgan. Shuningdek, u 2006–2008 yillarda Italiya terma jamoasiga bosh murabbiylik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Home
156