«Bunyodkor»ning 3 nafar futbolchisi AGMKda!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 6272
Kelayotgan mavsumda o'z tarixida ilk marta xalqaro maydonda yurtimiz sharafini himoya qiluvchi Olmaliqning AGMK jamoasi ayni paytda o'z safini kuchaytirish borasida qattiq ish olib bormoqda.
Klub matbuot xizmatining ma'lumot berishicha, jamoa yana bir qator futbolchilar bilan kelishuvga erishdi. Jumladan, mahoratli darvozabon Akbar To'raev, Suhrob Sultonov hamda himoyachi Mirg'iyos Sulaymonov AGMK safida kelayotgan mavsumda o'ynaydigan bo'lishdi.
Qayd etish joiz, AGMK klubi ushbu futbolchilarning tibbiy ko'rik natijalarini taqdim etgach, shuningdek, litsenziyalash talablarini bajargach yaqin 1 oy ichida mazkur o'yinchilar bilan shartnomalarini PFL ro'yxatidan o'tkazishi mumkin bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!