«Dinamo» mashg'ulotlarni davom ettirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 5282
Samarqandning “Dinamo” jamoasi ham yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda.
Samarqandliklar dastlab 18-28 dekabr kunlari yangi mavsum tadorigi doirasidagi ilk yig'inni o'tkazishgan edi.
“Dinamo” keyinroq 5 yanvardan tayyorgarlik rejasi doirasidagi ikkinchi o'quv-mashg'ulot yig'inini yana o'z qarorgohida boshladi. Davron Fayziev asosan futbolchilarning jismoniy holatini tiklashga e'tibor qaratmoqda.
Ma'lum bo'lishicha, Samarqanddagi qarorgohda kuniga ikki mahaldan o'tayotgan mashg'ulotlar jarayoni 18 yanvarga qadar davom etadi. So'ngra “Dinamo” yig'inni Toshkentda davom etiradi va sinov-nazorat uchrashuvlari tashkil etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!