Osiyo kubogi-2019. Turkmaniston - O'zbekiston. Tarkibni taxmin qilib ko'ramiz
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35296
O'zbekiston milliy jamoasi bugun Osiyo kubogidagi o'zining ikkinchi o'yinini o'tkazadi. Guruh bosqichidagi bu galgi raqibimiz — Turkmaniston.
Birinchi o'yinga nisbatan Ektor Kuper bu safar tarkibda ayrim o'zgarishlarni amalga oshirsa kerak. Birinchi uchrashuvdagi futbolchilarning harakatidan kelib chiqib argentinalik mutaxassis rotatsiyaga qo'l uradi. Boz ustiga, Ummonga qarshi o'yinda qizil kartochka olgan Egor Krimets bu safar terma jamoaga yordam bera olmaydi.
Stadion.uz Turkmanistonga qarshi o'yinda O'zbekiston terma jamoasining boshlang'ich tarkibini taxmin qilib ko'radi.
Osiyo kubogi-2019. "F" guruhi, 2-tur
TURKMANISTON - O'ZBEKISTON
Darvozabon: Ignatiy Nesterov
Himoyachilar (chapdan o'ngga): Davron Hoshimov, Anzur Ismoilov, Islom To'xtaxo'jaev, Farrux Sayfiev
Yarim himoyachilar (chapdan o'ngga): Doston Hamdamov, Otabek Shukurov, Odil Ahmedov, Jaloliddin Masharipov, Javohir Siddiqov (hujum ortida)
Hujumchi: Eldor Shomurodov