O'zbekiston – Turkmaniston: Matbuot anjumani boshlandi. Live
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3244
Akmal Eshonxonov
Dubaydan maxsus
Ayni vaqtda O'zbekiston – Turkmaniston terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv oldidan matbuot anjumani boshlandi.
Dastlab jurnalistlar savollariga O'zbekiston terma jamosia bosh murabbiyi Ektor Kuper va himoyachi Anzur Ismoilov javob beradi.
Ektor Kuper: Ikkinchi o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'ryapmiz. Turkmaniston yaxshi shakllangan jamoa. Biz ularning Yaponiyaga qarshi o'yinini tomosha qildik. Turkmanistonga qarshi faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz.
Anzur Ismoilov: Turkmanistonga qarshi o'yinga tayyormiz. Ertaga faqat g'alaba va uch ochkoni qo'lga kiritish uchun maydonga tushamiz.
Ektor Kuper: Ummonga qarshi o'yinni hamma turlicha tahlil qildi. Muhimi biz o'sha o'yinda g'alaba qozondik. Ummon kuchli terma jamoa. Ular Fors Ko'rfazi musobaqasida g'alaba qozonishgan. Shu sababli ularni mag'lubiyatga uchratganimizdan xursandmiz. Turkmanistonga qarshi o'yinda avvalgi xatolarimizni to'g'irlab, chiroyli o'yin namoyish qilishga harakat qilamiz.
Turkmaniston terma jamoasining ustunliklari haqida gapiradigan bo'lsak, ular tartibli jamoa. Yaponiyaga qarshi o'yinda ular tartibli harakat qilishdi, lekin ularga tajriba etishmadi. Ertaga maydonga tushadigan har ikki terma jamoaning o'z o'yin uslubi bor. Kim kuchliroq ekanini maydondagi o'yin ko'rsatadi.