So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Qizil» karvon yoxud Superliga-2018 qizil kartochkalari
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 9950
Milliy jamoamiz Osiyo kubogi-2019 o'yinlariga shaylanmoqda, chempionatimiz klublari esa allaqachon yangi mavsum tadorigini boshlab yubordi.
Lekin biz quyida yana bir bora avvalgi mavsum bahslariga to'xtalmoqchimiz. Aniqroq aytsak, Superliga-2018ning «qizil» tomoniga nazar tashlashni lozim topdik. Xo'sh, qizil kartochkalar qaysi klublarga ko'proq zarar keltirdi? Aksincha, qaysi ishtirokchilar bundan ko'proq naf ko'rishdi?
Umumiy vaziyat. Chempionat doirasidagi 192ta o'yin davomida hakamlar jami 32 marta qizil kartochkaga murojaat qilishdi. Bu har bir o'yinga 0,17ta «qizil» to'g'ri kelganini anglatadi. Naq 20ta holatda futbolchi uchrashuvdagi ikkinchi sariq kartochka tufayli maydondan ertaroq chiqib ketdi. 8ta tur (1-bosqich - 1, 3, 10, 15, 16 va 19-turlar; 2-bosqich - 4 va 10-turlar)da hakamlar qizil kartochka ko'rsatishga ehtiyoj sezishmadi. 7ta holatda maydonda ozchilik bo'lib qolgan jamoa g'alaba qozondi, baribir. Eng ko'p qizil kartochka 14-turda qayd etildi - 4ta.
Chempionat davomida maydondan eng erta chetlatilgan futbolchi - Davron Hoshimov. U 13 iyul kuni bo'lib o'tgan «Lokomotiv» - «Navbahor» (3:1) o'yinining atigi 28-daqiqasidayoq «qizil» olib, jamoasini mushkul ahvolda qoldirdi. Yana bir diqqatga sazovor fakt shuki, 32ta qizil kartochkadan atigi 2tasi birinchi bo'lim, qolgan 30tasi tanaffusdan keyingi vaqtga to'g'ri keldi. Xususan, hakam tomonidan asosiy vaqtga qo'shib berilgan daqiqalarda 8ta chetlatish kuzatildi.
«Bunyodkor» 22 avgust kuni o'z maydonida «Qo'qon-1912» klubiga «sensatsion» tarzda yutqazib qo'ydi. O'sha o'yinda «qaldirg'ochlar» vakili Akrom Komilov 42 va 43-daqiqalarda 2 marta sariq kartochka olib, maydondan erta chiqib ketdi. To'g'ri, u «qizil»ga mubtalo bo'lishiga qadar hisob 0:2ga aylangandi.
Qizil kartochka olgan eng yosh futbolchi: Abror Ismoilov («Neftchi») - 20 yosh 122 kunlik
Qizil kartochka olgan eng yoshi katta futbolchi: Erkin Boydullaev («Qizilqum») - 33 yosh 233 kunlik
Klublar bo'yicha
Jami 11ta klubning kamida 1ta o'yinda qizil kartochka tufayli maydonda ozchilik bo'lib qolishiga to'g'ri keldi. Faqatgina «Paxtakor» chempionat davomida qizil kartochkaga yo'liqqani yo'q (taqqoslash uchun aytsak, mavsum-2017da «Lokomotiv», «Nasaf» va «Qo'qon-1912» klublari futbolchilari qizil kartochka olishmagandi). AGMK esa mavsumning eng intizomsiz jamoasi sifatida gavdalandi - 6ta qizil kartochka. 8ta qizil kartochka «Qo'qon-1912» foydasiga ko'rsatildi. Bu jami chetlatishlarning 25 foiizini tashkil etadi.
Hakamlar bo'yicha
12 nafar hakam o'z cho'ntagidan qizil kartochka chiqardi. Bu borada Ilgiz Tantashev yaqqol peshqadam - u 4 marta «qizil» ko'rsatdi. Mavsum-2007ning birinchi davrasida 5 nafar futbolchini maydondan chetlatgan Baxtiyor Namozov (u faoliyatiga yakun yasadi) o'rnini esa Akobirxo'ja Shukrullaev bemalol bosdi. Har holda, u o'zi boshqargan 6ta o'yindan 4tasida qizil kartochka ko'rsatib, qat'iyatli hakam sifatida gavdalandi.
Ilgiz Tantashev - 5ta
Valentin Kovalenko - 4ta
Akobirxo'ja Shukrullaev - 4ta
Vladislav Tseytlin - 4ta
Zokir Qodirov - 4ta
Vadim Agishev - 3ta
Temur To'xtasinov - 2ta
Ravshan Ermatov - 2ta
Hasan Ro'ziev - 1ta
Sherzod Qosimov - 1ta
Aziz Asimov - 1ta
Olim To'ychiboev - 1ta
Futbolchilar bo'yicha
Ikki nafar futbolchi - Muzaffar Muzaffarov (AGMK) va Murod Xolmuhammedov («Qo'qon-1912») chempionat davomida 2 martadan «qizil» olishdi. Qolgan 28ta kartochka shuncha futbolchiga tegishli.
2ta «qizil» - Muzaffar Muzaffarov (AGMK), Murod Xolmuhammedov («Qo'qon-1912»)
1ta «qizil» - Mirjalol Qosimov («Qizilqum»), Diyor Turopov («Lokomotiv»), Dilmurod Karimov («So'g'diyona»), Ikrom Aliboev («Lokomotiv»), Ruslan Melzitdinov («So'g'diyona»), Nivaldo («Lokomotiv»), Islom To'xtaxo'jaev («Lokomotiv»), G'ulomhaydar G'ulomov (AGMK), Umar Eshmurodov («Nasaf»), Abror Ismoilov («Neftchi»), Ergash Ismoilov («Buxoro»), Erkin Boydullaev («Qizilqum»), Davron Hoshimov («Navbahor»), Islom Qobilov («Bunyodkor»), Rahmatillo Berdimurodov («Buxoro»), Pavel Matyash (AGMK), Evgeniy Cheremisin («Qizilqum»), Akrom Komilov («Bunyodkor»), Maqsud Karimov («Nasaf»), Marat Bikmaev («Lokomotiv»), Ivan Nagaev («Buxoro»), Sherali Jo'raev («Qizilqum»), Shavkat Salomov («Buxoro»), Zabihillo O'rinboev («Metallurg»), Vladislav Kasminin (AGMK), Abduqahhor Hojiakbarov (AGMK), Salamat Qutiboev («Buxoro»), Javlon Ibrohimov («Bunyodkor»)....