So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Bolalar futboli haqida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 43126
Tan olish kerak, O'FA ommaviy va bolalar futboliga ham katta e'tibor qaratmoqda. Deylik, professional klublar qoshida futbol akademiyasi faoliyat yuritishi shartligi belgilab qo'yildi.
Bu juda o'rinli talab. Zero, professional futbolni yuksaltirish uchun avvalo, bolalar futbolini ko'tarish lozim. Shu ma'noda aytsak, turli yosh toifasida alohida turnirlar tashkil etilayotgani ham ayni muddao. Shaxsiy fikrimcha, samaradorlikni oshirish uchun yana bir qator masalalarga jiddiy yondashish zarur.
1. 6 yoshli bolalardan maxsus guruhlar tuzib, ularning boshidayoq to'p bilan sifatli ishlashlarini ta'minlash kerak. Bunda murabbiylikka faqat malakali mutaxassislar (sobiq futbolchilar)ni jalb etish lozim.
2. Maxsus guruhlar tarbiyalanuvchilariga reja asosida akrobatika va engil atletikadan ham dars berish kerak. Tabiiyki, bunday mashg'ulotlarni soha mutaxassislari (jahon va Olimpiada chempionlari) olib borishlari ko'proq samara beradi.
3. Bolalarda tsirkchilarga xos jonglyorlik mahoratini shakllantirib borish ham foydalidir. Albatta, bunda tsirk artistlarining yordamlaridan foydalanish lozim.
4. Tarbiyalanuvchilarga to'g'ri va tez yugurishni o'rgatish uchun mashhur sprinterlarni dars o'tashga jalb qilish kerak.
5. Bolalarga maydonda erkin o'ynash imkonini berish, ularning bir qolipga tushib qolishlari oldini olish kerak.