So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
“MYu” o'z tarbiyalanuvchisini qaytarmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 68

Frantsiyaning "Lill" klubi sharafini himoya qilayotgan Anxel Gomes yana sobiq klubi "Manchester Yunayted" e'tiboriga tushdi.
Caught Offside nashri xabariga ko'ra, "qizil iblislar" shu paytgacha futbolchi uchun kurashda favorit hisoblangan "Tottenxem"ning faol qiziqishlariga qaramay, 24 yoshli tarbiyalanuvchisini jamoaga qaytarish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Gomes 2020 yilda o'yin amaliyoti izlab "Yunayted"ni tark etgan va bir necha mavsum davomida "Lill"ning asosiy tarkibida mustahkam o'rnashib olishga muvaffaq bo'lgan. U joriy mavsum 20 ta o'yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Uning frantsuz klubi bilan shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga etadi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Gomesning bozor narxi 20 million evro atrofida.