Ravshan Ermatov «ofsayd»da!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26721
11 yanvar, juma kuni Osiyo Kubogi-2019 musobaqasining 2-turi “V” guruhidan o'rin olgan Falastin va Avstraliya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tadi.
E'tiborli tomoni shundaki, mazkur o'yinni o'zbekistonlik Valentin Kovalenko boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqaradi.
Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam beradi. Darvoza ortida esa doim uni markaziy hakam sifatida ko'rib o'rgangan Ravshan Ermatov ishlaydi.
Ermatov bilan birga yana bir o'zbekistonlik hakam Ilgiz Tantashev ham darvoza ortida bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!