So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
"PSJ" avvalgilariga o'xshamagan chempionlikni qo'lga kiritishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 14

Kuchli beshlikning o'zini oladigan bo'lsak, «Milan» 1991/92 mavsumida, «Arsenal» 2003/2004, «Yuventus» 2011/12 va o'tgan yili «Bayer» mavsumni mag'lubiyatsiz o'tkazib chempionga aylanishgandi. Ya'ni deyarli har 10 yilda bir marta sodir bo'lmoqda.
Angliyada «Arsenal»dan oldinga borsak, 19-asrga tushib ketamiz, Ispaniyada bunday mavsum o'tkazgan chempion 95 yil oldin kuzatilgandi. Ha, bir necha yil avval «Barselona» yaqin kelgan, ammo so'nggi turda yutqazib qo'ygandi. O'shanda barselonaliklar chempionlik masalasini avvalroq hal qilgani uchun tarixiy rekordga motivatsiya etishmagan.
Bugun Frantsiyada chempionlikni rasman hal qilgan «PSJ» uchun mana shunaqa intriga bor - Frantsiyada mavsumni mag'lubiyatsiz o'tkazgan ilk jamoaga aylanishi mumkin. Atigi 6 tur qoldi. Agar Chempionlar Ligasiga e'tibor qaratilib yoki motivatsiyani tushirib yuborib, yutqazib qo'yishmasa.
Parijliklar 13-chempionlikka erishishdi, shundan 11 tasi shayxlar davriga, ya'ni 2012 yildan buyog'iga to'g'ri keladi. Hammasi o'xshash mavsumlar, o'xshash yutuqlar. Bunisi ajralib turishi va xotirada qolishi uchun ham harakat qilib ko'rish kerak.
Manba: Qahramon Aslanov