So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Myuller - "Bavariya"dan ketishi haqida: "Bugungi kun men uchun boshqa kunlarga o'xshamasligi aniq"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 6

Tomas Myuller "Bavariya"ni tark etishi haqida fikr bildirdi.
Bugun 35 yoshli yarim himoyachi mavsum yakunida Myunxen klubini tark etishini e'lon qildi.
"Bugungi kun men uchun boshqa kunlarga o'xshamasligi aniq. Yozda Myunxenning "Bavariya" klubi futbolchisi sifatidagi 25 yillik faoliyatim nihoyasiga etadi. Bu o'ziga xos tajriba, ajoyib uchrashuvlar va unutilmas g'alabalarga boy bo'lgan aql bovar qilmas yo'l edi. Sevimli klubimda karera qilish nasib etganidan juda xursandman va minnatdorman. Klub va fantastik muxlislarimiz bilan alohida aloqalar abadiy saqlanib qoladi.
Xayrlashuvda biz birgalikda nishonlashimiz mumkin bo'lgan unvonlarni qo'lga kiritishni va yana uzoq vaqt mehr bilan eslaydigan lahzalarni boshdan kechirishni istayman. Yaqin haftalar ichida Myunxenga chempionlikni qaytarish va Chempionlar Ligasida orzu qilingan uy finaliga chiqish uchun qo'limizdan kelganini qilamiz. Keling, buni birgalikda qilamiz!" - dedi Myuller.