So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
APL. «Chelsi» — «Tottenxem». Tarkiblar ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 14
43
Bugun, 3 aprel kuni, Angliya Premer-ligasining 30-turida «Chelsi» va «Tottenxem» o'zaro to'qnash keladi. London derbisi «Stemford Bridj» stadionida bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.
Hozirda «Chelsi» APL jadvalida 6-o'rinni egallab turibdi. Agar «Ko'klar» bugun g'alaba qozonsa, ular «Nyukasl» va «Manchester Siti»ni ortda qoldirib, 4-o'ringa ko'tarilib oladilar.
«Tottenxem» uchun 2024/25 mavsumi omadsiz ketmoqda – jamoa 14-o'rinda bormoqda.
Jamoalar o'rtasidagi birinchi davra uchrashuvi 2024 yil 8 dekabrda «Tottenxem» maydonida o'tgan va «Chelsi»ning 4:3 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan.
APL, 30-tur
«Chelsi» — «Tottenxem»
«Chelsi»: Robert Sanches, Malo Gyusto, Trevo Chaloba, Levi Koluill, Mark Kukurelya, Moyses Kaysedo, Entso Fernandes (S), Koul Palmer, Jeydon Sancho, Pedru Netu, Nikolas Jekson
«Tottenxem»: Gulelmo Vikario, Jed Spens, Kristian Romero, Miki van de Ven, Destini Udoji, Lukas Bergvall, Rodrigo Bentankur, Djeyms Meddison, Uilson Odober, Son Xyong Min (S), Dominik Solanke.