So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
“An-Nasr” APLdan 100 million evroga futbolchi xarid qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32

“Vest Hem” vingeri Muhammad Quddus Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubiga o'tishi mumkin. Bu haqda GiveMeSport nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Gana terma jamoasi a'zosining ingliz klubi bilan shartnomasida 85 million funt sterling (taxminan 100 million evro) miqdoridagi tovon puli ko'rsatilgan. “An-Nasr” yozgi transfer oynasida ushbu summani to'lab, futbolchini o'z tarkibiga qo'shib olishga tayyor.
Agar bitim amalga oshsa, futbolchi Saudiya Pro Ligasida amalga oshirilgan eng qimmat transferga aylanishi mumkin. Hozirgi rekord Neymarga tegishli bo'lib, 2023 yilda “Al-Hilol” braziliyalik hujumchini 90 million evroga “PSJ”dan xarid qilgan edi.
Ma'lumot uchun, joriy mavsum Quddus “Vest Hem” safida 27 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 3 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo'ygan. Transfermarkt portali 24 yoshli futbolchining qiymatini 50 million evroga baholamoqda. Muhammadning ingliz klubi bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar amal qiladi.