So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Jaloliddin Masharipov “Gelik” xarid qildi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23

O'zbekiston terma jamoasi va Eronning “Istiqlol” klubi futbolchisi Jaloliddin Masharipov Mersedes-Benz G-Class (Gelendvagen) mashinasini xarid qildi. Futbolchi bu haqda o'zining Instagram sahifasida ma'lum qildi.
O'zbekistonlik futbolchi oq rangli “Gelik” mashinasi suratini instagram sahifasiga joylab, “Alhamdulillah” deb izoh qoldirgan. Ma'lumotlarga ko'ra, ushbu ulovning narxi taxminan 350 ming dollar turadi.
Avvalroq O'zbekiston terma jamoasining boshqa a'zosi Abduqodir Husanovga asli qozog'istonlik o'zbek futbol funktsioneri Ulug'bek Asanbaev ushbu qimmatbaho avtomobilni to'yona qilgan edi. Ushbu xabar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, katta shov-shuvlarga sabab bo'ldi.
Ma'lumot uchun, O'zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati saralashi 8-turidan so'ng 17 ochko bilan A guruhida 2-o'rinni egallab turibdi. Temur Kapadze jamoasi yana bir ochko qo'lga kiritsa, mundial masalasini hal qiladi. “Oq bo'rilar” saralashdagi so'nggi ikki o'yinni iyun oyida BAA va Qatarga qarshi o'tkazadi.