So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
"Borussiya Dortmund" norvegiyalik yosh yulduzni o'z safiga qo'shib olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 18
Dortmundning "Borussiya" klubi yozda tarkibni keng miqyosda yangilashni rejalashtirmoqda va asosiy transfer maqsadlarilan biri Rayan Sherki hisoblanadi. Biroq, BILD xabariga ko'ra, klub muqobil variantlarni ham ko'rib chiqmoqda, chunki 21 yoshli frantsuzning transferi juda qimmatga tushishi mumkin.
Muqobil variantlardan biri "Rusenborg"ning norvegiyalik 18 yoshli iqtidori Sverre Nyupan bo'lib, u 15 million evro evaziga klubni tark etishi mumkin. Boshqa variantlar orasida "Strasburg"dan Sebastyan Nanasi va "Sanderlend"dan Job Bellingem bor. Ammo ularning transferi amalga oshishi dargumon.
Qo'shimcha qilamizki, Nyupan "Rusenborg" safida jami 61 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urgan va 11 ta golga hammualliflik qilgan.