So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
"Real" argentinalik iqtidorga "Tottenxem" qiziqish bildirayotganidan xavotirda emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 46

Madridning "Real" klubida hamon "Komo"da to'p tepayotgan yarim himoyachi Nikolas Pas borasida rejalar bor.
La Liga grandi o'tgan yili istiqbolli tarbiyalanuvchisini "Komo"ga sotib yubordi va futbolchiga bo'lgan huquqning 50 foizini o'zida saqlab qoldi. Pas A Seriyada o'zini ko'rsatishga muvaffaq bo'ldi va allaqachon nufuzli klublar e'tiborini tortdi - yaqindan beri unga "Tottenxem" qiziqish bildirmoqda. TBR Football xabariga ko'ra, bu "Real" rahbariyatini xavotirga solmayapti: madridliklar bosslari kerak bo'lsa, kelasi yozda argentinalikni muammosiz qaytarishlariga ishonmoqda.
Nikolas Pas A Seriyaning 27 o'yinida 6 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 20 yoshli futbolchining transfermarkt portalidagi narxi mutaxassislar tomonidan 35 mln evroga baholanmoqda.