So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Baydarka va kanoeda eshkak eshish. Toshkent viloyatida yig'in o'tkazilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19745

Xabar berib o'tganimizdek, terma jamoalarimiz yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladilar. Shu jumladan, baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi a'zolari ham litsenzion musobaqalarga qizg'in tayyorgarlik ko'rmoqdalar. Shu munosabat bilan, 4 yanvardan boshlab terma jamoamiz a'zolari Toshkent viloyati, Tuyabo'g'iz shaharchasida o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib bormoqdalar.
Yig'inda Vadim Menkov, Aleksey Mochalov, Gerasim Kochnev, Serik Mirbekov, Dilnoza Rahmatova, Ernest Irnazarov, Nikolay Lipkin, Elyor Muhammadaliev, Artur Guleev, Nilufar Zokirova, Nurislom To'xtasin o'g'li, Ekaterina Shubina, Natalya Kazantseva, Kseniya Kochneva, Vilyam Ibragimov, Odil Qayumov, Shoxruxbek A'zamov, Javohir Nurmatov, Denis Onufriev, Shaxriyor Mahkamov kabi sportchilar ishtirok etmoqdalar. Unda sportchilarimizning jismoniy va taktik tayyorgarligi belgilangan reja-jadval asosida muntazam sinovdan o'tkazib borilmoqda. Mashg'ulotlar murabbiylar A.Ponomarev, R.Mirzadiyarov, V.Sergeev, V.Shubina qo'l ostida o'tkazilmoqda. Yig'in 27 yanvarga qadar davom etadi.