Biz bilgan Buffonning biz bilmagan “xunarlari”
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 425
Biz bilgan Buffonning biz bilmagan “xunarlari”
Italiyalik afsonaviy posbon doimmo muxlislar hurmatiga loyiq inson sifatida gavdalanadi. Uning har bir intervyulari katta qiziqish bilan o'qiladi va yosh futbolchilar unga o'xshashga intilishadi. Shunga qaramay, Buffonning ham maydon ichida va uning tashqarisida qanday hayot kechirishi to'liq ma'lum emas. Bugun uning hayotidagi ayrim manfiy voqeyalarni yodga olib o'tamiz.
Oilaga hiyonat
21-asr boshida Filippo Inzagi va Kristian Vieri chexiyalik model Alyona Sheridova uchun kurashga kirishadi. Eng qizigi shundaki, ular o'zaro munosabatlarni oydinlashturgunlariga qadar Jiji model qizni ilib ketadi. 2006-yilgi mundial so'ng juftlik turmush quradi. Chexiyalik model “Yuventus” afsonasi uchun o'z kasbidan voz kechadi va o'zini to'liq oilaga bag'ishlaydi. 8 yil davom etgan turmush davomida Alyona doimmo Buffonni qo'llab-quvvatlab turadi va ikkita o'g'il farzand tug'ib beradi. Afsuski, 2014-yilda Buffon va uning yangi ma'shuqasi Loriana o'rtasidagi munosabat ommaga ayon bo'ldi. Vaziyatni to'g'ri baholagan Alyona 2014-yildagi JCh oldidan ajrashish uchun ariza beradi va juftlik ko'p o'tmay bo'linib ketdi. Sheridova yana modellik bilan shug'ullanishni boshlaydi va tez orada katta mashxurlikka erishadi. Buffon esa, teleboshlovchi Loriena bilan aloqalarini shu kunga qadar davom ettirmoqda.
2017-yili “Yuventus”ni Buffon tark etganidan xabaringiz bor. O'sha voqeyadan so'ng, Sheridova: “Endi “Yuventus”ga muxlislik qilsa, bo'ladi” degan edi. Bundan ko'rinib turibdiki, Alyona hali-hamon Jijidan xafa va buni yashirib o'tirmoqchi emas.
Chekuvchi Buffon
2017-yilda Britaniyaning bir nechta nashrlari afsonaviy darvozabonning chekayotgan suratlarini omma e'tiboriga taqdim etadi. Ayniqsa, EChL finalidan so'ng, chekib turgan darvozabonning surati Italiyada qattiq tanqidga uchraydi. Futbolchining o'zi esa, vaziyatga izoh berishdan bosh tortadi. Oradan ikki yil o'tib futbolchi o'zining Instagram tarmog'I orqali mashinani boshqarib ketayotgan suratini e'lon qiladi. Eng qizig'i shundaki, ushbu rasmda futbolchi qanday sigarata chekishi yaqqol ko'zga tashlanib qoladi. Qo'yilgan post 3 soatdan so'ng o'chirib tashlangan bolsada, ushbu su'rat ijtimoiy tarmoqlarga tarqalib ketishga ulguradi.
Tottolizator
2006-yildagi “Kalchopoli” voqeyasi qahramonimizni ham cheklab o'tmagan desak, ko'pchilik hayron bo'lmasligi aniq. “Yuventus”ning ikkinchi ligaga ravona bo'lishi bilan yakunlangan voqeyadan Buffon qattiq jabr ko'rishi mumkin edi, biroq uning kuchli advokatlarni yo'llagani joniga oro kiradi. Gap shundaki, darvozabon totolizator o'yinlari bo'yicha chinakam ustasi farang ekanligi ma'lum bo'ladi. Futbolchi faqat xalqaro o'yinlarga pul tikkanligini tan oladi, xolos. Qolgan barcha ayblovlarni rad etadi. Uzoq davom etgan sud jarayonida Italiya futbol federatsiyasi Buffoni naqd 18 bor tergovga chaqiradi. Kuchli advokatlar yordamida suvdan quruq chiqqan futbolchining jinoiy ishi yopiladi va barchaning yodidan ko'tarilib ketadi.
Fashistlik harakati
Qanchalar g'alati bo'lmasin, Buffonni ikki bor fashistlar harakati a'zosi ekanlikdan ayblashgan. Birinchi bor “Parma” safida shov-shuv ko'targan futbolchi o'z futbolkasiga “Boya Kimola” so'zini yozdirib olgani uchun javob berishga majbur bo'ladi. Ushbu so'zlar “kim chekinsa jallod” ma'nosini anglatadi. Bir qarashda, hech qanday hafv tug'dirmaydigan so'zlarning tagida umuman o'zgacha ma'no yotishini hamma ham bilmasa, ajab emas. 1970- yilda Itaiyada bo'lib o'tgan davlat qo'zg'aloni aynan shu shior ostida o'tkazilgan bo'lib, bu so'zlar Italiyaning avvalgi davla tuzimiga qaytishi uchun o'ylab topilgan edi. Vaziyat jiddiylashganini ko'rgan Buffon bu so'zlarni o'zi o'qiydigan Kollej devoriga yozib qo'yishganini va uning ma'nosini anglamay shu ishga qo'l urganini bayon qiladi va vaziyatdan chiqib ketadi. Oradan ko'p o'tmay, Parmaning asosiy tarkibidan joy olgan darvozabon uzi uchun 88-raqamni tanlaydi. Ushbu raqam millatchilar uchun o'zgacha qiymatga ega bo'lib, salom degan ma'noni bildiradi. Lotin tilida ash harfi 8-bo'lib keladi va uning fashistlar uchun o'ziga hos ramziy ma'nosi mavjud. Ushbu voqeyadan so'ng, Buffon yana o'zini hech narsa bilmasligini bahona qildi va o'zi uchun 1-raqamni oldi. Ko'p o'tmay uni 77-raqamga o'zgartirdi. Eng qizig'I shundaki, ayni damda Turin super klubida 77-raqamda to'p surmoqda.