«Tottenxem» «Real» nishonidagi futbolchi uchun kurashga qo'shildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 268
Londonning “Tottenxem” klubi markazni kuchaytirmoqchi, shu sababli “shporlar” “Ayaks” yarim himoyachisi Donni van de Bekga qiziqib qoldi. Bu haqda De Telegraaf nashri xabar berdi.
Manbaning xabariga ko'ra, “shporlar” futbolchi uchun rasmiy taklif yuborishgan. Futbolchiga shuningdek, “Real Madrid” klubi ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Ma'lumot uchun, joriy mavsum futbolchi “Ayaks” safida 22ta o'yinda ishtirok etib, 7ta gol urgan va 6ta golga assisentlik qilgan. Uning transfer narxi taxminan 50 million evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!