O'zbek sportida mas'uliyatli yil: Terma jamoalarimiz o'quv-mashg'ulot yig'inlariga kirishdilar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 15914
Sir emaski, kirib kelgan 2019 yil o'zbek sporti uchun mas'uliyatli yil hisoblanadi. O'zbekistonlik sportchilar yil davomida Tokio 2020 Olimpiadasiga litsenziya beruvchi musobaqalarda, reyting turnirlarida ishtirok etadilar. Milliy olimpiya qo'mitasi atletlarimizning xalqaro musobaqalarga munosib tayyorgarlik ko'rishi yo'lida sport federatsiyalari va assotsiatsiyalari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.
Ayni paytda Olimpiya yo'nalishidagi ko'plab terma jamoalarimiz o'quv-mashg'ulot yig'inlariga kirishganlar:
O'zbekiston gimnastika federatsiyasi – 3-26 yanvar, Toshkent (trampolin)
O'zbekiston og'ir atletika federatsiyasi – 10 yanvargacha, Toshkent viloyatidagi og'ir atletika bazasida
O'zbekiston “ROWING & CANOE” federatsiyasi – Yanvar oyi oxirigacha, Toshkent dengizida
O'zbekiston o'q otish federatsiyasi – 2-30 yanvar, Mudofaa vazirligiga qarashli sport klubida
O'zbekiston boks federatsiyasi – 6-30 yanvar, Yangiobod sport bazasida
O'zbekiston dzyudo federatsiyasi – 5-12 yanvar, «Yoshlik» sport majmuasida
O'zbekiston karate WKF federatsiyasi – 5-22 yanvar, Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi
O'zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasi – 6-24 yanvar, Taekvondo WTF assotsiatsiyasi.