Messi bu borada ikkinchi o'ringa chiqib oldi, birinchi - Ronaldu
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19271
Ispaniya chempionatining 18-turida "Xetafe" "Barselona"ni qabul qilib, 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.
20-daqiqada kataloniyaliklar hujumchisi Lionel Messi hisobni ochdi. Bu argentinalik futbolchining Ispaniya chempionatlarida "Xetafe" darvozasiga urgan 13-goli bo'ldi. Bu natija bo'yicha Messi sobiq jamoadoshi David Vilyani (12) ortda qoldirdi.
Ispaniya chempionatlarida "Xetafe" darvozasini hammadan ko'p Krishtianu Ronaldu ishg'ol qilgan - 23 ta gol.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!