So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Rodri: "Optimist bo'lishga harakat qilaman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 6
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri Ernandes jarohatidan forig' bo'lgani haqida gapirdi.
Sentyabr oyi oxirida ispaniyalik futbolchi xochsimon paylari bilan bog'liq jarohati tufayli safdan chiqqan edi.
Futbolchining qaytishi kelasi yozga mo'ljallangan.
"Men bu vaziyatga ijobiy tomondan qarashga harakat qilaman. Bu menga dam olish va kuch olish imkonini beradi.
Ko'p yillar davomida juda shiddatli o'ynadim. Oxir-oqibat, bunday stressdan keyin bu mavsum men uchun qanday o'tganini bilmayman.
Mening tanam bunga bardosh bera oladimi, bilmayman. Men hamma narsani qanday bo'lsa, shunday qabul qilishga, optimist bo'lishga va yaxshi holatda safga qaytish uchun hamma narsani qilishga harakat qilaman.
Bu mening maqsadim. Oldingi darajamga qaytamanmi? Rostini aytsam, men bundan unchalik tashvishlanmayman.
Men jismonan sog'lom qaytishni istayman, qolgani esa vaqt masalasidir", - deya Rodrining so'zlarini keltiradi City Xtra.