So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Bahodir Jalolov: "Chempionlik jangiga doim tayyor turaman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 15
Bahodir Jalolov Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlarida havaskor boksdagi faoliyatiga chiroyli yakun yasadi. Ikki karra Olimpiada chempionligiga erishgan "Big Uzbek" endi bor e'tiborini professional boksga qaratadi.
– Terma jamoada o'rningizga kimni munosib nomzod deb bilasiz?
– Jamoamizda kuchli va iqtidorli yigitlar ko'p. Shaxsan o'z fikrimni aytadigan bo'lsam, Jahongir Zokirov asosiy bokschiga aylansa kerak. Unda bu uchun barcha imkoniyat, kuch va texnika etarlicha. Uning kelgusi Olimpiadada ham natija ko'rsatishiga ishonaman.
– Siz uchun professional boksda eng og'ir vaznda qaysi yo'nalish kamari nufuzliroq?
– Hamma kamarning o'ziga yarasha tarixi, nufuzi bor. Men uchun ular orasida WBC yo'nalishi ko'proq qiziqish uyg'otadi. Chunki ko'p chempionlar yashil rangdagi shu kamarni orzu qilishgan. Shuning uchun WBC kamari nisbatan obro'liroq tuyiladi.
– Professional boksda kamar qo'lga kiritishingiz uchun qancha vaqt kerak deb o'ylaysiz?
– Hozir hech narsa deb bo'lmaydi. Menga chempionlik jangini berishsa, har qachon uni bajonidil qabul qilaman. Balki bu yaqin oylarda bo'lib ketar. Balki 1 yil yoki 2 yil talab etilar, bilmadim. Aytganimdek, vaqt bo'yicha hech narsa deb bo'lmaydi. Lekin men doim bunga tayyor turaman.