So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
We Global: 6-turdagi g'alabadan so'ng O'zbekistonning Jahon chempionatiga chiqish imkoniyati oshdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 5
We Global Football nashri 6-tur o'yinlaridan so'ng Osiyo jamoalarining 3-saralash bosqichi orqali to'g'ridan-to'g'ri JCh—2026 yo'llanmasini qo'lga kiritish imkoniyatlarini qayta hisoblab chiqdi.
Unga ko'ra, 6-turdagi KXDR ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng, O'zbekiston milliy jamoasining mundialga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani kiritish imkoniyati 86% foizdan yuqori baholanmoqda. Portal O'zbekiston guruhda birinchi o'rinni olish imkoniyatini 8 foizga, ikkinchi o'rinda tugatishga 78 foizga baholamoqda. 5-turdan so'ng, bu ko'rsatkich 84 % dan bir oz baland edi.
Guruh etakchisi Eron final bosqichga yo'l olish imkoniyati sal kam 100 foizga baholanmoqda.
6-turdagi yirik hisobdagi mag'lubiyat sabab Qatar termasining yo'llanmani 3-bosqichdayoq qo'lga kiritish imkoni 1 foizga teng. Uchinchi o'rindagi BAA imkoniyati 13 % ga teng.
B va C guruhi etakchilari Janubiy Koreya va Yaponiya We Global nashri mutaxassislarining fikricha, 2026 yilgi Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritishi aniq bo'lib ulgurdi.
Qiziqarlisi, C guruhida 1 ochko farqqa qaramay Avstraliyaning imkoniyatlari yuqori baholanmoqda. Uchinchi o'rindagi Saudiya Arabistonining ikkinchi o'rinni olish imkoni bor yo'g'i 12 foizga teng, deb hisoblanmoqda.
Ma'lumot uchun, Abbosbek Fayzullaevning goli O'zbekistonga Shimoliy Koreya ustidan g'alaba keltirgan edi. Ushbu g'alabadan so'ng, o'zbekistonliklar hisobidagi ochkolar soni 13 taga etdi.
Milliy jamoa 7-tur uchrashuvini 20 mart kuni Toshkentda Qirg'iziston termasiga qarshi o'tkazadi.