So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Superliga legionerlari terma jamoalarda qanday o'ynashdi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 13
FIFA kunlari doirasida Superliga jamoalarida to'p tepuvchi legionerlar o'z terma jamoalari safida maydonga tushdi.
Vladimir Yovovich ("So'g'diyona") Chernogoriya safida Millatlar ligasi doirasida Islandiyaga qarshi 90 daqiqa harakat qildi.
"Nasaf"ning Janubiy sudanlik legioneri Valentino Yuel esa Kongo bilan bahsda bir taym o'ynadi.
Joel Kojo ("Dinamo") JCh-2026 saralash bosqichi doirasida Qirg'iz Respublikasi tarkibida BAA va Eronga qarshi uchrashuvlar o'tkazdi hamda forslar bilan bellashuvda dublga erishdi.
Shahrom Samiev ("Andijon") Tojikiston safida Afg'onistonga qarshi o'rtoqlik o'yinida gol kiritishga erishdi.
Andijonning suriyalik darvozaboni Maksim Sarraf esa Rossiyaga qarshi bahs uchun terma jamoadan chaqiruv oldi.