«Bavariya» ilk transferini amalga oshirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29440
Myunxennning “Bavariya” klubi qishki transfer oynasidagi ilk xaridini amalga oshirdi. Bu haqda Goal.com nashri xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga qaraganda, myunxenliklar “Dallas” himoyachisi Kris Richardsni sotib oldi. Jamoa 18 yoshli futbolchi uchun 1,32 million evro va 440 ming evro bonuslar sifatida to'laydi. Shartnoma borasida hozircha boshqa tafsilotlar ma'lum emas.
Eslatib o'tamiz, “Bavariya” o'tgan yozda Richardsni ijaraga olgan edi. Futbolchi hozircha debyut qilmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!