So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Vladimir Bubanya: “Andijon” doimo qalbimda birinchi o'rinda turadi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20
“Andijon” klubining serbiyalik legioneri Vladimir Bubanya allaqachon muxlislarning mehrini qozonishga ulgurgan. U O'zbekiston Kubogi finalida qo'shimcha daqiqalarning oxirida urgan goli evaziga “Andijon” xarakter ko'rsatdi va Kubokni yutib ketdi.
Ayni paytda jamoa chempionatning keyingi turiga tayyorgarlikni davom ettiryapti.
Bubanya faoliyatida ikkinchi marta Kubokni yutishga erishdi. Avvaliga OKMK bilan, endi esa “Andijon” bilan bu ishni uddalagan legionerga aylandi.
- Bilamizki, siz 2018 yili OKMK tarkibida O'zbekiston Kubogi finalida g'olib chiqqansiz. O'sha o'yin ham aynan Farg'onadagi “Istiqlol” arenasida o'tgan. Oradan 6 yil o'tib yana o'sha stadionda Kubokni yutdingiz. Siz uchun qaysi biri qadrliroq?
- Ha, men OKMK bilan 2018 yili bo'lib o'tgan O'zbekiston Kubogini Farg'onadagi o'yinda yutgandim. Lekin bu safargi final men uchun katta ahamiyatga ega. Boisi, bu safargi final men uchun oldingi finaldan ko'ra yorqinroq bo'ldi. Men faqat ushbu uchrashuvda gol urganim uchungina aytmayapman. Shunchaki, o'shanda bu mening O'zbekistondagi debyut mavsumim edi. Shu bois menga u qadar sezilmagandi.
- Oxirgi daqiqada gol urdingiz. Uchrashuv boshida siz o'yin stsenariysi shunday tugashini hayolingizga ham keltirmagan bo'lsangiz kerak-a?
- Albatta, gol urganimdan nihoyatda xursandman. Bu kabi uchrashuvlarda bunday vaziyatlar juda kam bo'ladi, ayniqsa, oxirgi daqiqalarda. O'zbekistonda hech kim bunday stsenariy bo'lishini kutmagandi. Lekin biz o'yin oxirigacha, so'nggi soniyagacha harakat qildik va g'alaba qozonishimizga ishonardik.
- Bu gol faoliyatingizdagi eng muhim va esda qolarlisimi?
- 100 foiz mening faoliyatimdagi eng muhim gol bo'ldi, deb o'ylayman.
- Internet orqali finaldagi gollar va turli epizodlar “aylanyapti”. Bularni ko'rganingizda qanday xissiyotlar jo'sh uryapti?
- Albatta, men bu vaziyatni juda ko'p marta ko'rdim. Ushbu kadrlar uchun haligacha ishonmayapman. Shunday vaziyatlar uchun ham futbol o'ynaymiz va men buning uchun nihoyatda mamnunman.
- G'alaba bilan sizni kimlar tabrikladi?
- Ha, ko'pchilik tabrikladi. Futbolchilar, murabbiylar va ularga yana bir bor rahmat aytib qolaman.
- O'zbekistondagi faoliyatingizda “Andijon” alohida o'rin tutadi. 3 yil ichida klub yangi tarixining bir qismiga aylandingiz...
- “Andijon” men uchun doimo qalbimda birinchi o'rinda turadi.
- Ko'pchilik finalda “Navbahor”ni favorit deb hisoblagandi. Raqibni mag'lub etishda asosiy omil nimada bo'ldi?
- To'g'ri, ular o'yingacha favorit edi. Ammo bu final. Unda nima bo'lishi har doim noma'lum. Bizning xohishimiz muhimroq bo'ldi va shu bilan birga o'yin oxirida omad ham biz tomonda bo'ldi" - dedi Bubanya.
Manba: "Andijon" matbuot xizmati