So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Hududiy bolalar va o'smirlar futbol akademiyalarida navbatdagi imtihonlar boshlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 15116

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi hududiy bolalar-o'smirlar futbol akademiyalarida navbatdagi imtihonlar boshlandi.
Imtihonlar yanvar-fevral oylari davomida Respublikamizdagi barcha hududiy bolalar-o'smirlar futbol akademiyalarida o'tkazilishi rejalashtirilgan.
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Futbol akademiyalar faoliyatini rivojlantirish departamentining yillik imtihonlar rejasiga asosan navbatdagi imtihonlarni Buxoro viloyat bolalar-o'smirlar futbol akademiyasi boshlab berdi.
O'tkazilayotgan imtihonlardan maqsad futbol akademiyalar tarbiyalanuvchilarini nazoratdan o'tkazish, yosh iste'dodli va iqtidorli futbolchilarni sellektsiya qilish hamda shahar, tuman, qishloqlardagi umumta'lim maktab o'quvchilari o'rtasida joriy etilgan “Baby league” musobaqalaridan saralab olingan yosh futbolchilarni ko'rikdan o'tkazishdan iborat.
Shu bilan birga, qisqa vaqt mobaynida hududiy bolalar-o'smirlar futbol akademiyalariga o'qishga kirish istagidagi futbolchilar soni keskin ravishda oshganligini ta'kidlab o'tish joiz.