Mareska: "Hammamiz insonmiz va hech birimizning niyatimiz yomon emas"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 15
"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska yarim himoyachi Entso Fernandesning qaytishini jamoadoshlari yaxshi kutib olishiga ishonmoqda.
Eslatib o'tamiz, Fernandes iyul oyi boshida Argentina terma jamoasi bilan Amerika Kubogidagi g'alabani nishonlash chog'ida Instagramda translyatsiya yo'lga qo'yib, Frantsiya terma jamoasi futbolchilari haqida irqchilik ruhidagi qo'shiq kuylaganida “Chelsi”dagi ko'plab jamoadoshlarining g'azabiga uchragan edi.
"Futbolchi bayonot berdi, uzr so'radi va klub ham shunday qildi. Menimcha, bu erda hech narsa qo'shib bo'lmaydi, vaziyat allaqachon aniq.
To'g'risini aytsam, uning jamoaga qaytishida hech qanday muammo bo'lmaydi, deb o'ylayman. Oxir oqibat, biz hammamiz insonmiz va menimcha, hech birimizning niyatimiz yomon emas.
U yomon odamga aylangani yo'q. Menimcha, bu erda mutlaqo muammo yo'q. Men Entso bilan gaplashdim, ularning ko'plari bilan gaplashdim. Futbolchi bayonot berdi va uzr so'radi, hammasiga oydinlik kiritildi", - dedi Mareska Daily Mail bilan suhbatda.