La liga. Segundadan chiqqan «Granada» jadval peshqadamiga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 407
Ispaniya chempionatining 10-turi doirasida «Granada» o'z uyida «Betis»ni qabul qilib, kichik hisobda g'alaba qozondi. Uchrashuvning 61-daqiqasida yagona golni Vadilo "Betis" darvozasiga joyladi.
Shu tariqa, o'tgan mavsumda Segundadan La ligaga chiqqan «Granada» o'z ochkolarini 20taga etkazib, jadval peshqadamiga aylandi.
«Real Sosedad» esa safarda «Selta» mehmoni bo'lib, o'yin tugashiga 8 daqiqa qolganida g'alaba to'pini kiritishga muvaffaq bo'lishdi.
San-sebastyanliklar o'z ochkolarini 19taga etkazib, jadvalda 3-o'ringa chiqib olishdi.
Ushbu turdagi natijalardan keyin "Barselona" 2-o'ringa, "Real Madrid" esa 5-o'ringa tushib qoldi. Xabaringiz bor, bu jamoalar o'rtasidagi "klasiko" 18 dekabrga qoldirildi.
Ispaniya chempionati, 10-tur
Selta – Real Sosedad 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 82 Isak.
Selta – Ruben Blanko, Malo, Arauxo (Saens, 60), Olasa, Aydu, Lobotka (Fernandes, 84), Diop, Mendes, Denis Suares (Beltran, 69), Aspas, Santi Mina.
Real Sosedad – Remiro, Lorente, Le Norman, Saldua, Monreal, Edegor, Merino, Oyarsabal (Sangali, 87), Subeldiya, Portu (Barrenechea, 90), Villian Joze (Isak, 75).
Ogohlantirishlar: Malo (56), Diop (60), Subeldiya (71), Aspas (77), Oyarsabal (87), Saens (90).
Chetlatish: Diop (66).
Granada – Betis 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 61 Vadilo.
Granada – Ruy Silva, Xerman Sanches, Neva, Dias, Duarte, Vadilo (Soldado, 74), Errera (Eteki, 60), Aziz, Gonalon, Machis, Fernandes (Martines, 79).
Betis – Robles, Feddal (Iglesias, 78), Mandi, Emerson, Pedrasa (Moreno, 72), Xavi Garsiya (Xoakin, 72), Guardado, Fekir, Kanales, Telo, Moron.
Ogohlantirishlar: Machis (9), Xavi Garsiya (12), Errera (24), Fekir (29), Feddal (45), Soldado (75), Xoakin (79).