Velosportchilarimiz Osiyo chempionatiga jo'nab ketishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 17673

8-13 yanvar kunlari Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida velosportning trek yo'nalishi bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.
Musobaqada qit'amizning etakchi velosportchilari ishtirok etishi kutilmoqda. Bahslarda O'zbekiston terma jamoasi a'zolari ham sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boradilar.
Terma jamoamiz musobaqada quyidagi tarkibda qatnashadi:
Erkaklar:
Danil Evdokimov
Aleksey Fomovskiy
Dmitriy Sirko
Murodjon Xolmurodov
Ayollar:
Olga Zabelinskaya
Ekaterina Knebelova
Yanina Kuskova
Murabbiy: Rustam Nurtdinov
Murabbiy: Vadim Shaexov
Mexanik-murabbiy: Aleksey Smirnov
Ma'lumot uchun, mazkur qit'a birinchiligi Tokio 2020 Olimpiadasi uchun qimmatli reyting ochkolarini taqdim etuvchi musobaqalardan biri hisoblanadi.
Milliy olimpiya qo'mitasi Osiyo chempionatida sportchilarimizga muvaffaqiyatlar tilaydi.

Bosh sahifaga
211