Gvardiola yubiley g'alabani qo'lga kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 16833

Angliya chempionatining 21-turi doirasida «Manchester Siti» o'z maydonida «Liverpul»ni mag'lub etdi (2:1).
«Shaharliklar» bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoa boshqaruvidagi rasmiy o'yinlarda 100-g'alabani qo'lga kiritdi.
47 yoshli mutaxassis «Man Siti»ni 2016 yilning yozidan beri boshqarib kelmoqda. Shuningdek, u «Barselona» bilan 179ta, «Bavariya» bilan 121ta g'alabalarni qo'lga kiritgan. Shu tariqa, ispaniyalik mutaxassis faoliyatidagi g'alabalari soni 400taga etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
219