So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Guruhimizdagi nechanchi o'rin bizga Play offda qo'l keladi?!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 7198

1- variant.
Guruhda ikkinchi bo'lish
Bizning terma jamoa guruhda birinchilikni qo'lga kiritishi tahminan 45 %ni tashkil etsa kerak. Sababi, Yaponiya termasi baribir fovarid. Bizda esa ikkinchi o'rin deyarli 55 % naqd. Agar vaziyat shunday ko'rinish olsa, jamoamiz«B» guruhidagi 2- o'rinni egallagan jamoa bilan chorak finalda kurashadi.
«B» guruhi
Avstraliya
Suriya
Falastin
Iordaniya
Katta ehtimol bilan bu guruhda ikkinchi o'rin uchun Suriya va Iordaniya jamoalari o'rtasida qattiq kurash ketsa kerak.Avstraliya termasi 1-o'rinni egallashini ko'pchiligingiz anglab turgan bo'lsangiz kerak. «Sokkeruz»lar doim o'z o'yinlariga tayanib harakat qilishadi. Arab jamoalari singari qulayroq raqib uchun birorta o'yinda yutkazib berishlariga ishonish qiyin. U holda 2- o'rin ham biz uchun chorak finalda chakki ko'rsatkich bo'lmaydi.
2- variant
Guruhda g'oliblik
Agar Yaponiyadan ko'proq ochko jamg'aradigan bo'lsak birinchi o'rinni qayd etamiz va chorak finaldagi raqiblarimiz «E» guruhi a'zolaridan ikkinchi o'rinni qayd etgan jamoa bo'ladi. «E» guruh a'zolari bilan tanishing
«E»guruhi
Saudiya Arabistoni
Qatar
Livan
Shimoliy Koreya
Bu erda birinchi o'rin uchun asosiy da'vogarlar sezganingizdek Saudiya Arabistoni va Qatar termasi. Oxirgi mundial saralashidan xulosa qiladigan bo'lsak, 1- o'rin Saudiya Arabistoni jamoasiga tegadi. Qatar esa ikkinchi o'rinni oladi va bizga raqib bo'ladi. Ko'pchilik futbol ekspertlarining fikriga ko'ra bu guruhda Saudiya Arabistoni yaqqol favorit. Bundan ko'rinib turibdiki, 2-o'rin uchun Qatar termasi asosiy da'vogar.
3-variant
Guruhda 3-o'rinni olishimiz
Istaymizmi yo'qmi, agar guruhda 3-o'rinni qayd etsak, imkoniyatimiz sezilarli ravishda pasayadi. Biz kichik ehtimol bilan «C» guruhidagi 1- o'rindagi terma bilan to'qnash kelamiz. «C» guruhidagi jamoalar bilan tanishing
«C» guruhi
Janubiy Koreya
Xitoy
Qirg'iziston
Filippin
Bu guruhda birinchi o'rinni Janubiy Koreya va Xitoy bo'lishib olsa kerak. Koreyslarda imkoniyat 60% bo'lsa, Xitoy termasida 40% deya baholanmoqda. O'zingiz tasavvur qiling, 3-o'rinni egallash bizga Janubiy Koreya jamoasini ro'baro' qilib qo'yishi mumkin. Bu esa 3 ta holatdagi eng omadsiz variant desak, adashmagan bo'lamiz.
Bu shunchakki muxlislar iltimosiga binoan guruh jadvali va Play Off uchun qisqacha tanishtiruv xolos. Aslida termamizning jamoa tanlamasdan o'ynaydigan vaqti kelganiga ancha bo'lgan. Biz Osiyo kubogi o'yinlarida terma jamoamizga omad va ulkan zafarlar tilab qolamiz.
Yahyoxo'ja Ulug'xo'jaev