Tuxel bosh hakamdan norozi bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 50
Tomas Tuxelning fikricha, hakamlar "Real"ga o'zgacha munosabatda bo'ladi.
Chempionlar ligasi nimchorak finali o'yiniga qo'shib berilgan 13-daqiqada “Bavariya” yarim himoyachisi Yozua Kimmix jarima maydonchasi ichiga to'pni tashlab berdi.
To'p yarim himoyachi Tomas Myullerga tegdi, nemis uni boshi bilan himoyachi Matteys de Ligt tomon yo'lladi va u Madrid darvozasiga zarba berdi.
Bosh hakam Shimon Marchinyak Myullerning uzatmasidan biroz oldin hushtak chaldi ofsaydni qayd etdi.
"Bu maydonning narigi tomonida (bizning jarima maydonimizda) sodir bo'lmasdi", dedi "Bavariya" bosh murabbiyi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!