Darvin "Barselona"ga o'tishga yaqin edi...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37
Hozirda Angliyaning "Liverpul" klubi sharafini himoya qilayotgan Darvin Nunes bir paytla "Barselona"ga o'tishga yaqin bo'lgan, deya xabar berdi Sport nashri.
Manbaga ko'ra, Darvin 2020 yilda “Barcelona”ga o'tishga yaqin edi, o'sha paytdagi sport direktori Ramon Planes urugvaylik hujumchi uchun kurashga kirishgan edi va allaqachon “Almeriya” bilan 8 million evrolik transferga kelishuvga erishgandi. Ammo Kumanning ayrim shubxalari hamda o'rtaga taklif narxini ikki baravariga ko'tarib yuborgan “Benfika” (24 million evro) qo'shilib, hammasini to'xtatib qo'ygan.
Avvalroq matbuotda "Barsa" Nunesni sotib olishga qiziqish bildirayotgani xabar berilgandi. Uning transferi 70 million evro.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!