Sanshesh o'ziga yangi klub tanladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30
Yarim himoyachi Renatu Sanshesh yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkin. Avvalroq, "Roma" "PSJ"dan 26 yoshli futbolchini sotib olish variantini faollashtirmasligi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi. Shu bilan birga, parijliklar keyingi mavsumda ham portugaliyalikdan foydalanmoqchi emas.
Transfer News Live nashrining O Jogo nashriga tayanib xabar berishicha, Sanshesh "Benfika"ga qaytishni istaydi. Aynan o'zi tarbiya topgan Lissabon klubida yarim himoyachi bir vaqtlar o'zini ko'rsatgan. 2016 yilda Renatu Evropa chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi. Shundan so'ng futbolchi "Bavariya"ga ko'chib o'tdi, ammo keyin uning faoliyatida pasayish yuz berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!