Noyer: "Albatta, Bellingem "Oltin to'p" uchun kurashda"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19
"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer "Real" bilan o'yin oldidan Jud Bellingemning saviyasini yuqori baholadi.
“Albatta, u “Oltin to'p”ga da'vogar. Agar siz ham u kabi barcha turnirlarda ishtirok etsangiz, unda siz nomzod bo'lasiz. Lekin bu Chempionlar ligasidagi natijaga ham bog'liq. Biz uning fazilatlarini Bundesligada ham bilardik.
"Real Madrid"da u o'zini bombadek his qildi. U Dortmunddagidan ko'ra ko'proq hujumkor pozitsiyada o'ynaydi, lekin hech kim uning bunchalik ko'p gol urishini va "Real Madrid"ning hujumida muhim rol o'ynashini kutmagandi. Uning maydonda o'zgarishlar qilishga qodirligini bilamiz", - deya Noyer so'zlarini keltirmoqda AS.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!