Ziesh "Chelsi"dan ketadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22
Hujumkor yarim himoyachi Hakim Ziesh "Chelsi"dan ketadi. Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, "Galatasaroy' marokashlik futbolchini sotib olish variantini faollashtirgan.
London klubi allaqachon kelishuvni tasdiqlovchi hujjatlarni Istanbulga jo'natgan.
Ziesh o'tgan yilning avgust oyida "Galatasaroy"ga ijara asosida o'tgan edi. O'shandan beri marokashlik futbolchi 21 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urdi va sheriklari uchun 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!