Kechagi o'yin yakunida Orsato yig'lab yubordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 99
38Dortmundliklar seshanba oqshomida "PSJ"ni mag'lub etib, Chempionlar Ligasi finaliga chiqdi. Ushbu uchrashuvni italiyalik Daniele Orsato boshqarib bordi.
Final hushtagi yangraganidan so'ng hakam yig'lab yubordi, bunga jurnalist Xose Rodriges ijtimoiy tarmoqlarda e'tibor qaratdi. Albatta, Orsatoning ko'z yoshlarini o'yin natijasiga hech qanday aloqasi yo'q.
Aftidan, hakam ko'z yosh to'kdi, chunki bu uning Chempionlar ligasidagi so'nggi o'yini edi. 48 yoshli Orsato 2024 yilgi Evropa chempionatidan keyin faoliyatini yakunlashi kutilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!