"Arsenal" Shesnini qaytarishdan bosh tortdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22
“Yuventus” darvozaboni Voytsex Shesni Londonning “Arsenal” klubiga qaytmaydi. Oldinroq, "kanonirlar" 2023/2024 yilgi mavsum oxirida klubini o'zgartirishi mumkin bo'lgan Aaron Remsdeylga muqobil sifatida tajribali polshalikni ko'rib chiqayotgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.
Britaniya matbuoti xabariga ko'ra, londonliklar darvozabonning maoshi talablari tufayli uni qaytarishdan bosh tortgan.
Joriy Italiya chempionatida Shesni 33ta o'yinda qatnashib, o'z darvozasidan 26ta gol o'tkazib yuborgan. 16 uchrashuvda polshalik darvozabon o'z darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!