Keza A Seriyaning boshqa top klubiga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27
Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Federiko Keza kelasi yozda Italiya A Seriyasining boshqa klubiga o'tishi mumkin, deb xabar beradi Corriere della Sera. Futbolchiga poytaxtning "Roma" klubi qiziqyapti.
Xabar qilinishicha, Keza "Jiallorossi" bosh murabbiyi Daniele De Rossi bilan yaxshi munosabatda, shuning uchun transfer ehtimoli ancha yuqori. Bundan tashqari, yozda Federiko chegirmaga ega bo'ladi, chunki uning "Yuventus" bilan shartnomasi bir yildan keyin tugaydi.
26 yoshli Federiko joriy Italiya chempionatida 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!