Anri - Mbappening "Real"ga o'tishi haqida: "Uning ketishini hammamiz bilamiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26
"Barselona"ning sobiq hujumchisi Terri Anri "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappening yozgi transfer oynasida "Real"ga o'tishi mumkin bo'lgan transferiga baho berdi.
"Kilian Mbappe, hammamiz uning ketishini bilamiz", - deya Anrining so'zlarini keltirmoqda Madrid Xtra telekanali ijtimoiy tarmoqlarda.
Joriy mavsumda frantsiyalik futbolchi jamoa tarkibida 45 ta o'yin o'tkazib, 43 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
OAVda Mbappe yozda erkin agent sifatida «PSJ»dan «Real»ga o'tishi haqida ma'lumotlar uzoq vaqtdan beri tarqalmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!