"Milan"ga Gudmundsson kerak
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22
Italiyaning “Milan” klubi hujum chizig'ini kuchaytiradigan futbolchilarni qidirmoqda – “rossonerilar”ning qiziqish doirasiga bu mavsum “Jenoa”da muvaffaqiyatli o'ynayotgan islandiyalik hujumchi Albert Gudmundsson ham kiradi. Ilgari unga Italiya chempionatining boshqa gigantlari qiziqib qolgandi - gap "Inter" va "Yuventus" haqida ketmoqda.
Transferdagi asosiy masala narx - Griffinliklar joriy mavsumda o'n oltita gol urgan futbolchi uchun 35 million evro so'ramoqda. Bu Italiya chempionati uchun juda katta ko'rsatkich.
27 yoshli Gudmundsson 2022 yildan buyon o'zining hozirgi klubida to'p tepmoqda, avval u Niderlandiyada PSV va "AZ Alkmaar" kabi klublarda o'ynagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!