"PSJ" - "Borussiya Dortmund" uchrashuvida eng yaxshi futbolchi kim bo'ldi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 46
Dortmundning “Borussiya” klubi himoyachisi Mats Xummels “PSJ”ga qarshi (1:0) Evropa Chempionlar Ligasi yarim final javob uchrashuvida eng yaxshi futbolchi deb topildi. Bu uchrashuvda u yagona golni urdi.
"Zarbalarni bloklash, gol, uzatmalarda aniqlik va himoyadagi etakchilik - albatta, u ensh yaxshisi", - deya qayd etdi UEFA texnik kuzatuvchilar guruhi.
Dortmundliklar birinchi o'yinda ham g'alaba qozonishgandi (1:0) va shuning uchun Chempionlar ligasi finaliga yo'l oldi va u erda "Real Madrid" - "Bavariya" o'yini g'olibi bilan uchrashadi (birinchi o'yindan keyingi hisob 2:2). Final 1 iyun kuni "Uembli"da bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!