"MYu"ni boshqarish uchun asosiy da'vogar aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 52
"Manchester Yunayted" Garet Sautgeytni bosh murabbiylikka asosiy nomzod sifatida ko'rmoqda, deb xabar beradi Footmercato.
Qayd etilishicha, klub Angliya terma jamoasi ustozi bilan kelishuvga yaqin turibdi. Kelishuv 14 iyundan 14 iyulga qadar bo'lib o'tadigan 2024 yilgi Evropa chempionatidan keyin e'lon qilinishi mumkin.
Oldinroq Daily Mail nashri «Manchester Yunayted» futbolchilari klubning amaldagi bosh murabbiyi Erik ten Xagning mavsum yakunida ketishiga ishonchi komil ekani haqida xabar bergan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!