"Atletiko" "Tuluza" himoyachisini nishonga oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24
Kabo-Verde milliy terma jamoasi himoyachisi "Atletiko Madrid" e'tiborini tortdi.
L'Equipe xabariga ko'ra, Madrid klubi bosh murabbiyi Diego Simeone o'z jamoasida "Tuluza"dan Logan Kostani ko'rishni istaydi. 23 yoshli futbolchini kuzatish maqsadida Frantsiya klubi o'yiniga “Vilyarreal” vakillari ham tashrif buyurishdi.
Himoyachiga Angliya jamoalari ham qiziqish bildirmoqda. "Nottingem Forest" va "Fulxem" allaqachon so'rovlarni amalga oshirgan va boshqa bir Evropa klubi ham transferni amalga oshirishga tayyor. Germaniya va Italiya jamoalari bilan ham aloqalar mavjud.
Logan Kostaning transferi 20 million evrodan ko'proq daromad olishni kutayotgan "Tuluza" uchun rekord bo'lishi mumkin. 2018 yilda Issa Diop "Vest Xem"ga bonuslar bilan birga 25 millionga sotilgan.