"Real Madrid" sobiq himoyachisi "An-Nasr"da ish boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 89
Fernando Yerro "An-Nasr"da yangi lavozimda ish boshlaydi.
The Athletic xabariga ko'ra, Ispaniya terma jamoasi va "Real"ning sobiq himoyachisi Saudiya klubining yangi sport direktori bo'ladi.
2022 yildan buyon Yerro Meksikaning “Gvadalaxara” klubi sport direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.
U avvalroq Ispaniya futbol federatsiyasida (RFEF) sport direktori lavozimida ishlagan, 2018 yilgi jahon chempionati arafasida Xulen Lopetegi ketganidan keyin vaqtinchalik bosh murabbiy bo'lgan. Ispaniya 1/8 final bosqichida Rossiyaga yutqazib, turnirni tark etganidan so'ng Erro RFEF'ni tark etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!